Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan turar joy binolaridan birida yirik yongʻin yuz berdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-sentyabr kuni soat 13:51 da Chilonzor tumani Beshqoʻrgʻon koʻchasida shaxsiy xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga yetib borib, 14:12 da alangani qurshab olgan va 14:30 da bartaraf qilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar tushmagan. Vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan toʻliq nazoratga olingan.