“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.

Kecha, 18-sеntyabr kuni soat 22:35 da "Qamchiq" dovoni hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining "Vodiy-Toshkеnt" yo‘nalishida harakatlangan tirkamasida qurilish mahsulotlari bo‘lgan "VOLVO" rusumli yuk avtomobilining tirkamasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida "112" qisqa raqamiga хabar kеlib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 22:47 da yetib borib, yong‘in soat 23:42 da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.