Namanganda tuman hokimi konteyner uyga koʻchib oʻtdi

Norin tumanidagi “Yangi Namangan” mahallasi: islohotlarga jadal kirishildi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida tegishli o‘rinbosarlar va mutasaddilar ishtirokida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Norin tumanidagi “Sho‘rariq” mahallasini "Yangi Namangan" mahallasiga aylantirish jarayoniga kirishildi.



Dastlab mahalla ahli, nuroniylar bilan uchrashuvda Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirish, bo‘sh turgan eski binolar o‘rnida sanoat zonasi tashkil etish, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berildi. 

Shuningdek, “Yangi Namangan” va uning atrofidagi 6 ta mahallani jadal rivojlantirish bo‘yicha master reja ishlab chiqish yuzasidan mutaxassislar, aholi vakillarining takliflari tinglandi. 

Shu yerda barcha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etildi va faoliyati izchil yo‘lga qo‘yildi. 

Norin tumani hokimi shu mahalla hududiga o‘rnatilgan konteyner uyga ko‘chib o‘tdi va bu bilan islohotlarni tezlatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish, mahallani obod maskanga aylantirish imkoniyati yaratildi.  

Nuroniylar Prezidentimiz tashrifidan keyin boshlangan ishlar uchun minnatdorlik bildirib, ezgu sa’y-harakatlarga “oq fotiha” berdilar.