Shu munosabati keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilgan tantanali marosimda soʻzga chiqqanlar tomonidan mamlakatimiz energetika sohasida “yashil energiya” manbalari ulushini izchil oshirish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻiga bogʻliqlikni kamaytirish va hududlarning energetik salohiyatini yuksaltirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar va ularning samaralari haqida soʻz yuritildi. Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi tegishli qarori asosida Pop tumanida ishga tushirilgan yangi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodalaridan biridir.
Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 350 million dollarini tashkil etadi. Loyiha doirasida quvvati 500 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda elektr energiyasini yagona tarmoqqa uzatish uchun zarur infratuzilma barpo etildi. Stansiyaning yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 1 milliard 95 million kilovatt-soat boʻlib, bu raqam loyihaning nafaqat Pop tumani, balki viloyat energetika taʼminotidagi ahamiyatini ham yaqqol koʻrsatadi. Mazkur loyiha amalga oshirilgan. Quyosh elektr stansiyasining toʻliq quvvatda ishga tushirilishi mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlami kengayib borayotganini koʻrsatadi
Viloyatda energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi generatsiya quvvatlarini yaratish borasidagi ishlar birgina ushbu loyiha bilan cheklanmaydi. Bundan avval Pop tumanida Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi tomonidan 500 megavattlik quyosh elektr stansiyasi, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarining “Tepelen Group Holding Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda yana bir 500 megavattlik quyosh elektr stansiyasini barpo etish rejalari maʼlum qilingan edi. Ushbu loyihalarning har biri 350 million dollardan baholangan. Mazkur loyihalarda viloyatning generatsiya quvvatlari 2 141 megavattga, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa 7,8 milliard kilovatt-soatga yetkazilishi koʻzda tutilgan. Bu viloyatning yillik 5,5 milliard kilovatt-soatlik ehtiyojini toʻliq qoplash imkonini beradi. Bu raqamlar hududda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini yaqqol namoyon etadi.