Norin daryosi ustida Namangan viloyati markazi bilan uchta tumanni bogʻlovchi yangi koʻprik barpo etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Koʻprik Uychi, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlaydi.
“Uzunligi 481,5 metrni tashkil etuvchi mazkur koʻprik mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda daryo ustida qurilgan eng yirik va uzun inshootlardan biri hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida, shuningdek, 17,5 km yangi yoʻl yotqizildi, bu Uychi va Norin tumanlarida transport tirbandligining hamda kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish imkonini beradi.