Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandilar

Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tumani bo‘lim va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar K.R. va A.H. fuqaro F.R.dan 4 500 AQSH dollarini 56,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.U. fuqaro X.X.dan 4 000 AQSH dollarini 49 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.