Samarqand viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 3 ta AYOQSH jarimaga tortildi. Bu haqida “Oʻzenergoinspeksiya”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti maʼlum qildi.
Unda aytilishicha. “A.P.S.”, “M.” va “Sh.-S” MCHJlarga qarashli 3 ta AYOQSHda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holat natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi – 34,3 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Shuningdek, qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi boʻyicha koʻrsatma berilgan.