11
11

Oʻzbekiston terma jamoasi finalda!

"CAFA National Cup"da chempionlik uchun Eron bilan bahs kutilmoqda

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi "CAFA National Cup" turnirining finaliga yoʻl oldi! 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan “A” guruhi so‘nggi tur bahsida yurtdoshlarimiz Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi — 4:0!

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa safida Akmal Mozgovoy, Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev va Azizbek Toʻrgʻunboyev o‘z nomlarini tabloga yozdirishga erishdi. Bu gʻalaba Oʻzbekistonga guruhda 7 ochko jamgʻarib, final yoʻllanmasini taqdim etdi.

Endi esa eng muhim bahs: Oʻzbekiston 8-sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi finalda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida boʻlib oʻtadi.