11
11

Oʻzbekistonda dollarning soʻmga nisbatan qiymati oshdi

Rasmiy kurs oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 62,6 soʻmga oshdi va 12 437,15 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 55,56 soʻmga koʻtarildi va 14 480,57 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli esa 0,21 soʻmga oshib, 153,34 soʻmni tashkil etdi.