11
11

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.A. va boshqalar qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish qoidalarini buzgan holda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 3 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini olib kirganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) va 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.