Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Yevro kursi ham 136,36 soʻmga pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-avgust kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, dollarning rasmiy kursi 79,52 soʻmga tushdi va 12 509,83 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 136,36 soʻmga pastladi va 14 520,16 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli esa 1,09 soʻmga tushib, 156,55 soʻmni tashkil etdi.