Oʻzbekiston yarim yilda 9,4 mln dollarlik muzqaymoq xarid qildi
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 13 ta davlatdan muzqaymoq import qilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga oshgan.
2025 yilning 6 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 828 tonna
Qozog‘iston – 648 tonna
Xitoy – 187 tonna
Belarus R. – 73 tonna
Fransiya – 33 tonna
🌍 Boshqa davlatlar – 55 tonna