Poytaxtning “Uch qahramon” bozorida katta yongʻin sodir boʻldi
Voqea joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji 7 daqiqada yetib borgan.

11-avgust kuni tunda Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga bozor yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji 7 daqiqada yetib borgan.
Yongʻin soat 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Avvalroq “Chorsu” bozoridagi doʻkonlar yonib ketgani toʻgʻrisida xabar qilingandi. 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji oʻtni oʻchirishga jalb etilgan.