“Fargʻona” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga imkoniyat kengaytirildi

10 milliard 240 million soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.

Farg'ona
Farg'ona
Fargʻona viloyatiga oʻtgan yili 3 million mahalliy va xorijlik sayyoh tashrif buyurgan edi. Joriy yil ushbu koʻrsatkichni 3,5 million nafarga yetkazish va uning 550 mingdan ziyodini xorijlik sayyohlar tashkil etishi maqsad qilingan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni jarayonda turizm marshrutlarini koʻpaytirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash doimiy eʼtiborda. Xususan, shu kunlarda viloyatning havo darvozasi boʻlgan “Fargʻona” xalqaro aeroportining uchib ketish zali foydalanishga topshirildi. Ezgu maqsad ijobati uchun 10 milliard 240 million soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida birinchi qavatda jahon andozalariga mos ona va bola xonasi, nogironligi bor shaxslar uchun qoʻshimcha xizmatlar tashkil etildi. Ikkinchi qavatda esa zamonaviy xizmatlar va servis tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi.

Aytish joiz, joriy yilda sayyohlar oqimni yanada oshirish uchun “Fargʻona” xalqaro aeroportidan turizm yaxshi rivojlangan xorijiy davlatlarga bir necha yangi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.