Daniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Yesper Var boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha, jumladan, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qilingan.
“Tashqi ishlar vazirligi munosabatlarimizning toʻliq salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻlida birgalikda hamkorlikka tayyor. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.