Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 28 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 95,3 ming tonna banan import qilingan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Banan importi hajmi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
— Ekvador – 94 ming tonna
— Xitoy – 539 tonna
— Qirgʻiziston – 295 tonna
— Hindiston – 224 tonna
— Boshqa davlatlar – 205 tonna