Bugun Toşkentda şamol tezligi meʼyordan yuqori bölişi kutilmoqda

«Özgidromet» 24-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga köra, bugun respublika hududining asosiy qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Toşkent va Namangan viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin. Baʼzi hududlarga tuman tuşadi.

Havo harorati kunduzi 15–20 daraja iliq, şimolda esa 10–15 daraja iliq böladi. Şamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.

Toşkent şahrida biroz yomğir yoğişi mumkin. Şamol tezligi 5–10 metr/sekundni taşkil etadi, havo harorati 15–17 daraja iliq böladi.

Toğoldi va toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir va qor yoğişi, tuman tuşişi kutilmoqda. Toşkent viloyatining ayrim hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin. Ayrim joylarda şamol tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayadi.

Şuningdek, 24-noyabr kuni soat 09:00 dagi avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlariga köra, Toşkent şahri havosidagi PM10-mayda zarraçalari miqdori bir kub metrda 216 mikrogrammni taşkil etdi. Bu ruxsat etilgan meʼyordan (75 mikrogramm) 2,88-marta köp.

PM2,5 zarraçalari miqdori esa bir kub metrda 78 mikrogrammga yetdi. Bu belgilangan meʼyordan (60 mikrogramm) 1,3 baravar yuqori.