Şubhasiz, uşbu yuksak körsatkiç Özbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş, uning oçiqligi va raqobatbardoşligini oşiriş, investitsiyaviy muhitni tubdan yaxşilaş hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning samarasi hisoblanadi.
Alohida taʼkidlaş joizki, Özbekiston suveren kredit reytingi sönggi ikki yilda (2025-yil may – 2026-yil noyabr oraliğida) 3 ta xalqaro reyting agentligi tomonidan 7 marotaba yaxşilandi.
Bundan taşqari, uşbu natija Özbekistonning xalqaro moliya bozorlaridagi mavqei mustahkamlangani, mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va amalga oşirilgan islohotlarga xalqaro investorlarning işonçi ortib borayotganining yorqin dalilidir
“BB+” darajasi Özbekiston suveren kredit reytingi tarixida erişilgan eng yuqori körsatkiçi hisoblanadi. Şuningdek, mamlakatimiz investitsiyaviy reyting darajasiga (BBB-) erişiş uçun yana bir poğona yaqinlaşdi.