Özbekiston taşabbuslari MDH Parlamentlararo Assambleyasining 61-yalpi majlisida ilgari surildi

Yalpi majlisda parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, milliy qonunçilikni uyğunlaştiriş, iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati Raisi öz çiqişida Assambleya doirasida qabul qilinayotgan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni milliy qonunçilikka tatbiq etiş borasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan işlarga eʼtibor qaratdi.

Xususan, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş, soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, tibbiy hujjatlarni özaro tan oliş hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş sohalaridagi hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi.

Şuningdek, Özbekistonning 2027-yilda MDHga raislik qilişi doirasida parlamentlararo hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan qator taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

Qöşma investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oşiriş uçun huquqiy şaroitlarni takomillaştiriş, özaro savdodagi tösiqlarni qisqartiriş, terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş şular jumlasidandir.

Bundan taşqari, 2027-yil MDHda Huquqiy maʼrifat yili deb eʼlon qilingani munosabati bilan Assambleya şafeligida parlament aʼzolari, huquqşunoslar, pedagoglar va yoşlar iştirokida turkum uçraşuvlar taşkil etiş taşabbusi bildirildi.