«Özgidromet» 24-noyabr kuni kutilayotgan yomğirlar sababli Toşkent viloyatining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi ehtimolidan ogohlantirdi.
Maʼlum qilinişiça, Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq va Yuqoriçirçiq tumanlari, şuningdek, Angren va Olmaliq şaharlarida sel kelişi xavfi mavjud.
Şu munosabat bilan toğoldi va toğli hududlarda yaşovçi aholi, dam oluvçilar hamda bu hududlardan harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralariga rioya qiliş söraldi.
Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi va buning oqibatida suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin.