“Özgidromet” 20–22-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga köra, 20-noyabr kuni kunduzi Özbekiston böyiça asosan yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 20–25 daraja iliq böladi.
Dam oliş kunlari respublika hududining katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat 21-noyabr kuni Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida, 22-noyabr kuni esa respublikaning şimoliy hududlaridagi ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.
Havo harorati keçalari 9–14 daraja iliq, kunduz kunlari esa asta-sekin 20–25 darajagaça kötariladi. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim hududlarda esa çang-tözon kuzatilişi mumkin.
21-noyabr kuni respublikaning ayrim toğli hududlarida yomğir va qor yoğişi kutilmoqda.
Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati keçalari 11–13 daraja, kunduzi 20–22 daraja iliq böladi.