Toşkentda havo sifati yana yomonlaşişi mumkin — Ekologiya qömitasi

Toşkent şahrida meteorologik omillar taʼsirida atmosfera havosi sifati özgardi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 22-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati yomonlaşgan. Tunning asosiy qismida Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça körsatkiç «nosoğlom» darajada saqlangan. Tunning ikkinçi yarmida esa dastlab «sezgir guruhlar uçun nosoğlom», keyinçalik «örtaça» darajagaça yaxşilangan.

Tongda havo sifati yana «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajaga kötarilgan. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa dastlab «zarğaldoq», keyin «sariq» va «yaşil» darajalar kuzatilgan.

Hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.

Havo sifatiga taʼsir qilgan omillar

Qayd etilişiça, havo sifatining yomonlaşişiga kuçsiz şamol, havo haroratining pasayişi va harorat inversiyasi taʼsir körsatgan. Bunday şaroit mahalliy hamda qöşni hududlarda şakllangan taşlamalar va PM zarraçalarining tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişiga sabab bölgan.

Tunning ikkinçi yarmida şarqdan esgan şamol taʼsirida PM zarraçalari miqdori kamayib, havo sifati yaxşilangan.

Şuningdek, «Ekologik monitoring milliy markazi» mutaxassislari Toşkent şahri, Qibray va Zangiota tumanlarida havo sifatini instrumental ölçaş işlarini ötkazgan.

Kun davomida havo sifati qanday böladi?

Prognozlarga köra, bugun, 22-noyabr kuni Toşkent şahrida havo sifati kunduzgi soatlarda «sezgir guruhlar uçun nosoğlom», keçki soatlarda esa «nosoğlom» darajagaça yomonlaşişi mumkin.

Milliy indeks böyiça havo sifati «sariq» darajada bölişi kutilmoqda.