11
11

Atmosferadagi issiqxona gazlari miqdori yangi rekord darajaga yetdi

Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT) maʼlumotlariga köra, 2025-yilda atmosferadagi karbonat angidrid (CO₂) va boşqa asosiy issiqxona gazlari miqdori kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga yetgan. Bu esa sayyorada haroratning uzoq muddatli kötarilişiga olib kelmoqda.

JMTning issiqxona gazlari böyiça hisobotida qayd etilişiça, 2025-yilda atmosferadagi CO₂ning örtaça global konsentratsiyasi million hisobiga 426,8 qismni (ppm) taşkil etgan. Bu körsatkiç 1750-yildagi sanoatlaşuvdan oldingi darajaning 153 foiziga teng. Inson faoliyati bilan boğliq uzoq saqlanuvçi issiqxona gazlari orasida ahamiyati jihatidan ikkinçi va uçinçi örinda turuvçi metan hamda azot oksidi miqdori ham yangi rekord darajaga yetgan.

«Yana bir yil — yana bir yangi rekord. Issiqxona gazlari atmosferada misli körilmagan miqdorda issiqlikni uşlab qolmoqda. Bu esa ekstremal ob-havo hodisalarining kuçayişiga, iqtisodiyot va jamiyat uçun xavf-xatarlarning ortişiga sabab bölmoqda. Kuzatuvlar tarixidagi eng issiq 11 yil aynan sönggi 11 yil böldi va bu tendensiya davom etişi mumkin.

CO₂ atmosferada juda uzoq saqlanadi. Şu sababli u global iqlimga nafaqat yillar, balki önlab va hatto yuzlab yillar davomida taʼsir körsatadi», — deydi VMO Boş kotibining örinbosari Ko Barrett.

JMT uşbu hisobotni har yili eʼlon qiladi. U BMTning iqlim böyiça muzokaralarida iştirok etuvçilar uçun işonçli ilmiy maʼlumot manbai hisoblanadi.

Bu yilgi muzokaralarning 31-konferensiyasi (COP31) 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antalya şahrida bölib ötadi. Unda iqlim sohasida qabul qilingan majburiyatlarni amaliy çora-tadbirlarga aylantiriş masalasi muhokama qilinadi.