Farğona vodiysiga elektr energiyasi uzatuvçi «L-503» tarmoğidagi avariya bartaraf etildi

«Sirdaryo» issiqlik elektr stansiyasi va «Özbekiston» podstansiyasini boğlovçi 500 kV kuçlanişli «L-503» elektr uzatiş tarmoğidagi avariya oqibatlari töliq bartaraf etildi. Tarmoq qayta işga tuşirilib, elektr energiyasini uzatiş tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 19-noyabr kuni soat 06:19 da Tojikiston hududidan ötuvçi mazkur elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir bölgan. Bugun, 22-noyabr kuni soat 01:21 da tarmoq qayta işga tuşirilib, u orqali elektr energiyasini uzatiş qayta tiklangan.

Avariya sodir bölgan dastlabki soatlardan boşlab energetiklar noqulay ob-havo şaroiti, murakkab toğli va adirlik relyefiga qaramay, keçayu kunduz uzluksiz işlagan. Ularning saʼy-harakatlari bilan qulagan elektr uzatiş tarmoği tayançi qayta tiklanib, zarur taʼmirlaş va sinov işlari yakunlangan.

Vazirlik maʼlumotiga köra, avariyani bartaraf etiş işlari belgilangan meʼyoriy muddatlardan qisqa vaqtda bajarilgan.

Energetika vazirligi avariya oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etgan energetiklar, mutaxassislar va tiklaş işlariga hissa qöşgan barça insonlarga minnatdorlik bildirgan.