Ayni paytda taʼlim muassasasida 300 nafar öquvçi Buyuk Britaniyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hamkorlikda yölga qöyilgan xalqaro taʼlim dasturi böyiça uçta yönalişda öqişga jalb etilgan. Bilim dargohida nazariy darslar amaliy maşğulotlar bilan uyğun tarzda olib boriladi. Buning samarasi sifatida birgina joriy yilning ötgan davrida texnikumning 72 nafar öquvçisi ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi sertifikatga ega böldi.
Şuningdek, bilim dargohida 750 nafarga yaqin öquvçi kompyuter grafikasi va dizayn operatori, elektromontyor, payvandlovçi hamda metallga işlov beriş yönalişi böyiça öqimoqda.
Öquvçilar nazariy va amaliy bilimlarni özaro uyğunlaştirgan holda örganişi uçun “Farğonaazot” AJ, “Farğona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi, “Sirdaryo–Söx” irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi singari ulkan salohiyatga ega xöjalik yurituvçi subyektlarda dual taʼlim yölga qöyilgan. Bu tajriba bitiruvçilarning mahalliy va xorijiy mehnat bozorida öz kasbi böyiça işlaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilayotir.
Öz navbatida texnikumda Germaniyaning “telc” tizimi böyiça til imtihonlari markazi ham taşkil etildi. Markazda öquvçilar va boşqa talabgorlar imtihon topşirib, xorijiy tilni biliş darajasini xalqaro mezonlar asosida baholatiş imkoniga ega. Bu navqiron avlodga kelajak kasblarini puxta özlaştiriş, ingliz va nemis tilini örganiş hamda Yevropaning rivojlangan davlatlarida öqiş, işlaş imkonini yaratib bermoqda.
— Texnikumda zamonaviy şaroitlar muhayyo etilgani tufayli ingliz tilidan xalqaro sertifikatlarni qölga kiritib, Angliyadagi dunyoning eng yaxşi 100 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kiruvçi universitetga öqişga qabul qilindim, — deydi texnikum öquvçisi Nodirbek Mirxöjayev. — Bunday imkoniyatlar yuzlab tengdoşlarimga jahon andozalari darajasida ilm oliş, xorijiy tillarni biliş va yangi davr talabiga mos kasblar egasi bölişda juda ham muhimdir.
Aytiş joiz, hozirda Farğona viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi hamda Farğona şahar hokimligi hamkorligida uşbu texnikumda öğil-qizlarga xorijiy tillar hamda kasb-hunar örgatiş maqsadida qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etiş böyiça amaliy saʼy-harakatlar boşlandi. Yakunda esa mazkur öquv kursi bitiruvçilari Yevropa mamlakatlariga işga yuborilişi közda tutilgan.