Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida atmosfera havosini meʼyordan ortiq ifloslantirib kelgan korxona aniqlandi. Bu haqda Ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Ekopolitsiya xodimlari tomonidan ikkilamçi xomaşyodan polietilen granulalari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi “R.P.” korxonasi faoliyati örganilgan.
Tekşiruv davomida korxonada atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilmagani, havoga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan tartibda nazorat qilinmagani aniqlangan.
Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar miqdori ixtisoslaştirilgan laboratoriyalarni jalb qilgan holda muntazam nazorat qilib borilişi lozim. Biroq korxonada mazkur talab bajarilmagan.
Şuningdek, işlab çiqariş obyektida çang-gaz tozalaş uskunalari örnatilmagani hamda ekologik normativlarga rioya etilmagani maʼlum bölgan.
Mutaxassislar tomonidan atmosfera havosidan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari ötkazilgan. Natijada havodagi azot dioksidi va çang konsentratsiyasi belgilangan meʼyorlardan yuqori ekani aniqlangan.
Bundan taşqari, çiqindilar bilan muomala qiliş holati örganilganda, korxona hududida ularni vaqtinça saqlaş uçun maxsus konteynerlar mavjud emasligi maʼlum bölgan.
Şu tariqa, korxona tomonidan “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida” hamda “Çiqindilar töğrisida”gi qonunlar talablari qöpol ravişda buzilgan.
Atmosfera havosini ifloslantirganlik uçun korxonaga qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblangan. Aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli hujjatlar sudga yuborilgan.
Şuningdek, korxonaga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça beş banddan iborat, bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.
Hozirda korxona faoliyatini töxtatib turiş masalasida sudga murojaat qiliş uçun tegişli hujjatlar tayyorlanmoqda.