Farğonada havoni ifloslantirgan korxona faoliyati töxtatildi

Farğona viloyatida atmosfera havosini ifloslantirib kelgan korxona faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Özbekiston tumanida joylaşgan sanoat korxonasi faoliyati ekologik reyd davomida tekşirilgan.

Tekşiruv jarayonida korxonada örnatilgan çang va gazni tozalaş filtri nosoz holatda işlayotgani aniqlangan. Buning oqibatida atmosfera havosiga zararli moddalar çiqarilişiga yöl qöyilgan.

Aniqlangan qonunbuziliş holati yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari asosida bayonnoma rasmiylaştirilib, jarima qöllanilgan.

Şuningdek, aniqlangan kamçiliklar töliq bartaraf etilguniga qadar korxona faoliyati vaqtinça töxtatilgan.