Namanganda 3,3 mlrd sömlik noqonuniy dorilar saqlangan yaşirin ombor aniqlandi

Namangan şahrida qiymati 3,3 milliard sömdan ortiq bölgan, sifati kafolatlanmagan dori vositalari saqlangan yaşirin ombor aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Bojxona, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.

Tadbir davomida Yangi Namangan tumanidagi «Mingterak» mahallasida joylaşgan, 1996-yilda tuğilgan fuqaroga tegişli xonadon közdan keçirilgan.

Tekşiruv natijasida xonadondan xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi jami 23 432 dona kamyob dori vositalari topilgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, mamlakatga noqonuniy olib kirilgan uşbu dorilarning umumiy qiymati 3,3 milliard sömdan oşadi.

Hozirda kontrafakt ekanligi gumon qilinayotgan dori vositalari protsessual tartibda olib qöyilgan. Ularning tarkibi, xususiyatlari va sifatini aniqlaş maqsadida tegişli ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolardan dori vositalarining noqonuniy savdosi va saqlanişi bilan boğliq holatlar haqida 1520 qisqa raqamiga xabar berişni söragan. Murojaat qilgan şaxslarning maxfiyligi kafolatlanişi bildirilgan.

Şuningdek, fuqarolarga dori vositalarini xarid qilişda ularning narxi yoki xorijda işlab çiqarilganiga emas, balki sifati, kelib çiqişi va tegişli ruxsat hujjatlariga eʼtibor qaratiş tavsiya etilgan.