Toşkentda örnatilgan fandomat orqali aholi bir oy davomida 16 581 dona çiqindi idiş topşirdi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qabul qilingan idişlarning 14 899 donasi plastik, 1 289 donasi alyuminiy banka va 393 donasi şişa idişlardan iborat bölgan.
Buning evaziga foydalanuvçilarga jami 2 411 236 söm tölab berilgan.