2-noyabr kuni Toşkent şahri Mirobod tumanidagi Qöyliq dahasida gaz taʼminoti vaqtinça çeklanadi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Qöyliq dahasi Yangi Qöyliq köçasida joylaşgan örta bosimli, diametri 80 millimetr bölgan gaz quvurida gaz sizib çiqişi aniqlangan. Şu sababli 2-noyabr kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinça çeklanadi:
- Qöyliq dahasining 1-, 2-, 3- va 4-dahalaridagi 51 ta köp qavatli uyda joylaşgan 4 200 ta xonadon;
- Oltinköl va Qorasuv mahallalaridagi 22 ta köp qavatli uydagi 516 ta xonadon;
- Oltinköl va Qorasuv mahallalaridagi 1 455 ta hovli xonadon.
Şuningdek, Qöyliq dahasidagi «Zilola–Zufiya şirin non», «Al-Imron» sexi, xususiy klinika va maktab, SYUDŞ-1, «Billur» savdo va mehmonxona majmuasi hamda mebel sexida gaz taʼminoti çeklanadi. Oltinköl va Qorasuv mahallalaridagi «Milliy taomlar», «Tabaka kafesi» va yana 16 ta ulgurji isteʼmolçi, şuningdek, 6 ta nonvoyxona ham vaqtinça gazsiz qoladi.
Bundan taşqari, 2-tor Farğona yöli köçasida tabiiy gaz bosimi pasayadi. Taʼmirlaş işlari yakunlangaç, gaz taʼminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi.