Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi maktabda farzandining ortidan kelgan erkak boshqa bir oʻquvchining onasini kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur voqea yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Margʻilon shahridagi 25-maktabda ikki nafar oʻquvchi oʻzaro tortishib qolgan va ularning janjali bois maktabga kelgan ota hamda ona ham oʻzaro janjallashib ketgan.
Boshqarma tomonidan ushbu noxush holat tegishli tartibda oʻrganilmoqda.
Qayd etilishicha, voqea yuzasidan janjallashgan fuqarolarning arizasiga asosan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.