Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza huquqni qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda “Beshbola” MFYda yashovchi X.M. fuqaroga “gashish« giyohvandlik moddasini 2,8 soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan umumiy bahosi 100 million soʻmlik 558 dona «Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluv dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.