Toşkentda litsenziyasiz kripto-aktivlar aylanmasi bilan şuğullangan şaxsning faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, DXX xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida poytaxtdagi nufuzli davlat oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil oluvçi, Toşkent tumanida yaşovçi 2008-yilda tuğilgan fuqaroni aniqlagan.
U 2025-yil dekabridan 2026-yil oktyabriga qadar «Bitget» kripto-birjasi platformasida litsenziyasiz faoliyat yuritib, tranzaksiyalar orqali 64 715 USDT miqdoridagi kripto-aktivlarni oldi-sotdi qilgan.
Şuningdek, u Telegram messenjerida 140 ta xorijiy davlatning virtual telefon raqamlarini sotiş bilan ham şuğullangan. Uning kripto-hamyonida 450 USDT mavjudligi aniqlangan.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.