11
11

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi koʻpdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yigʻilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasiga masʼul etib belgilandi.

“Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni oʻtkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.