Qozog‘istonda keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

05.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
 

19PoB317122460378275_b  

foto: Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iyul oyida Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar qildi Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

4-aprel kuni ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari Aqtau shahrida “Birlestik-2024” (“Birlashish-2024”) qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va tegishli qo‘shma rejani imzolagan.

Keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni “Oymasha” poligoni hududlarida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va bajarish lozim bo‘lgan vazifalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.