Şu yilning 27-oktyabridan 7-noyabrga qadar davom etgan uşbu nufuzli musobaqalarda respublikamizning barça hududlaridan 3 657 nafar navqiron avlod vakillari olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça ğoliblik uçun bahs olib borişdi.
Musobaqada Farğona viloyati terma jamoasi ham faol iştirok etib, bir qator sport turlarida yuqori natijalarni qayd etdi. Farğonalik yigit-qizlar özlarining mahorat, matonat va ğalabaga bölgan qatʼiyatini namoyon etib, 54 ta medalni qölga kiritdi. Ularning 10 tasi oltin, 14 tasi kumuş hamda 30 tasi bronza medallaridir.
— Quvonarlisi, unda viloyatning basketbol böyiça 3x3 jamoalari yuksak natijaga erişdi, — deydi Farğona viloyati sport boşqarmasi boşliği Nodirbek Hakimov. — Xususan, öğil bolalar jamoasi final bahsida Toşkent şahri vakillarini mağlub etgan holda oltin medalni qölga kiritgan bölsa, qizlar jamoasi hal qiluvçi uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi vakillaridan ustun keldi. Şu tariqa, har ikki jamoa ham musobaqa çempioniga aylanib, Farğona viloyatiga ikki karra ğalaba tuhfa etdi.
Taekvondo WT yönalişida ham farğonalik sportçilar öz mahoratini namoyon etişdi. 45 kilogramm vazn toifasida Avazbek Murodov barça raqiblarini ortda qoldirib, şohsupaning eng yuqori çöqqisiga kötarildi. 59 kilogramm vazn toifasida esa Şahlo Adhamova kumuş medaliga sazovor böldi. Şuningdek, Asadullo Yoqubjonov va Mohizoda Ergaşaliyeva musobaqani bronza medallari bilan yakunladi.
Erkin kuraş bahslarida ham Farğona viloyati vakillari muvaffaqiyatli qatnaşdi. Habib Abdurahmonov va Abdulaziz Ahmadjonov öz vazn toifalaridagi bellaşuvlarda munosib iştirok etib, oltin medallarni qölga kiritdi. Abdulla Neʼmatjonov esa kumuş medal sohibasiga aylandi.
Öz navbatida Farğona viloyati basketbolning 3x3 yönalişida “Eng yaxşi jamoa” nominatsiyasi ğolibligiga ham sazovor böldi. Bu esa viloyat sportçilarining nafaqat şaxsiy, balki jamoaviy natijalarda ham yuqori salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi.
Aytiş joiz, “Prezident Olimpiadasi” yoşlar orasidan iqtidorli sportçilarni saralaş, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlaş, soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda yaqin istiqbolda Özbekiston milliy terma jamoalari safini munosib vorislar bilan töldirişga xizmat qilişi bilan ğoyatda ahamiyatlidir.