«Özgidromet» 14–15-noyabr kunlari uçun ob-havo prognozini eʼlon qildi. Unga köra, dam oliş kunlari respublika hududining aksariyat qismida yoğingarçilik kutilmaydi, havo harorati esa 15 darajagaça kötariladi.
13-noyabr kuni kunduzi Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysining baʼzi joylarida yomğir yoğadi. Qolgan hududlarda asosan yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati 5–10 daraja iliq böladi.
Dam oliş kunlari keçalari harorat 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 10–15 daraja iliqni taşkil etadi. Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toğ oldi va toğli hududlarda 13-noyabr kuni baʼzi joylarda yomğir va qor yoğişi, ayrim hududlarda esa kuçli bölişi mumkin.
Toşkent şahrida 13-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. 14–15-noyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi, keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.
Poytaxtda harorat keçalari 2–4 daraja iliq, 13-noyabr kuni kunduzi 7–9 daraja, 14–15-noyabr kunlari esa 13–15 daraja iliq böladi.