Hafta boşida harorat -7 darajagaça sovişi kutilmoqda

Prognozlarga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat 10-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida yomğir yoğadi, qorga aylanişi mumkin.

Ğarbdan esgan şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 5–10 daraja iliq böladi. 11–13-noyabr kunlari keçasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 11–12-noyabr kunlari 3–8 daraja, 13-noyabrda esa 5–10 daraja iliq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. 10-noyabr kuni ayrim joylarda yomğir yoğadi, baʼzi hududlarda kuçli bölişi mumkin. 11–13-noyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.

Ğarbdan esgan şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. 10-noyabr kuni ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 5–10, kunduzi 8–13 daraja iliq böladi. 11–13-noyabr kunlari keçasi asta-sekin 0–5 daraja sovuqqaça pasayadi. Kunduzi 11–12-noyabrda 6–11, 13-noyabrda 8–13 daraja iliq böladi.

Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. 10–11-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir yoğadi, baʼzi hududlarda kuçli bölişi mumkin. 12-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, 13-noyabrda esa ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Ğarbdan esgan şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. 10-noyabr kuni ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 7–12, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. 11–13-noyabr kunlari harorat asta-sekin pasayib, keçasi 0–5 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. 10–11-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir yoğadi, baʼzi hududlarda kuçli bölişi mumkin. 12-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, 13-noyabrda esa ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Ğarbdan esgan şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi. 10-noyabr kuni ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 7–12, kunduzi 13–18 daraja iliq böladi. 11–13-noyabr kunlari harorat asta-sekin pasayib, keçasi 0–5 daraja, kunduzi 11–12-noyabrda 8–13, 13-noyabrda 10–15 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. 10–11-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir yoğadi, baʼzi hududlarda kuçli bölişi mumkin. 12-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, 13-noyabrda esa ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Ğarbdan esgan şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi. 10-noyabr kuni ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 7–12, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. 11–13-noyabr kunlari keçasi 0–5, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.

Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi. Ayrim joylarda yomğir yoğadi, 10–11 va 13-noyabr kunlari baʼzi hududlarda kuçli bölişi mumkin. Baland toğli hududlarda yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin.

Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10-noyabr kuni keçasi 5–10, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. 10–13-noyabr kunlari harorat asta-sekin pasayib, keçasi 5–10 daraja sovuqqaça, kunduzi 0–5 daraja iliqqaça yetadi.