Bir neça kun davomida havo sifati yomonlaşganidan söng Toşkentda yoğgan yomğir atmosfera havosini çang va mayda zarraçalardan tozalab, uning sifatini yaxşiladi. 11-noyabr kuni poytaxtda havo sifati milliy indeks böyiça «yaşil» darajada saqlanmoqda.
Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça esa körsatkiç «örtaça» darajada. 11-noyabrga ötar keçasi şamol tezligi sekundiga 2–4 metrni taşkil etdi, sezilarli harorat inversiyasi kuzatilmadi. Tungi soatlarda Toşkentda 10–15 mm yoğingarçilik böldi.
2026-yil 11-noyabr kuni soat 09:00 holatiga köra, avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlarida havodagi PM10-mayda dispersli zarraçalar miqdori 9 mkg/m³ni, PM2,5 zarraçalari esa 5 mkg/m³ni taşkil etdi. Bu körsatkiçlar ruxsat etilgan meʼyorlardan — tegişliça 75 va 60 mkg/m³dan past.
Şu tariqa, 11-noyabr kuni Toşkentda havo sifati milliy indeks böyiça «yaşil», xalqaro AQI böyiça esa «örtaça» darajada saqlanmoqda.