Özbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksida 194 ta davlat orasida 32-örinni egalladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
BMTning 2026-yilgi tadqiqotiga köra, Özbekiston ilk bor elektron hukumat rivojlanişi eng yuqori darajada bölgan davlatlar qatoriga kirdi. Mamlakatning umumiy indeksi 0,8930 ballni taşkil etdi. 2024-yilda bu körsatkiç 0,7999 ball bölgan.
Tadqiqotda Özbekistonning onlayn davlat xizmatlari 0,8885, telekommunikatsiya infratuzilmasi 0,9213, inson kapitali esa 0,8692 ball bilan baholandi. Fuqarolarning davlat boşqaruvidagi iştiroki körsatkiçi 0,8276 ballni taşkil etdi.
Hisobotda Özbekistonning raqamli texnologiyalar, jumladan, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş borasidagi işlari ham qayd etilgan. Xususan, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş markazining pilot loyihalari, davlat va xususiy sektorda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, ilmiy hamkorlik hamda sohadagi tanlovlar eʼtirof etilgan.
«Özbekiston — 2030» strategiyasida mamlakatni BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi böyiça dunyoning eng ilğor 30 ta davlati qatoriga kiritiş vazifasi belgilangan. 32-örin natijasi uşbu maqsadga erişiş yölidagi körsatkiçlardan biri böldi.