Toşkent şahrining 10 ta tumanida joylaşgan 21 ta hudud uçun master-rejalar işlab çiqiladi. Ularning umumiy maydoni 1 440,5 gektarni taşkil etadi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi xabar berdi.
Urbanizatsiya va şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş respublika markazi master-rejalarni tayyorlaydigan loyiha taşkilotlarini tanlaş uçun elektron tanlov eʼlon qiladi. Unda şaharsozlik sohasida tajribaga ega mahalliy va xorijiy taşkilotlar iştirok etişi mumkin. Arizalar etender.uzex.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Tanlov davlat xaridlari tartibida elektron şaklda ötkaziladi.
Hududlarning çegaralari Toşkent şahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan. Ularda turar joy majmualari, ijtimoiy obyektlar, maişiy xizmat körsatiş va biznes obyektlarini barpo etiş rejalaştirilgan.
Master-rejalar işlab çiqiladigan hududlar quyidagi mahalla va joylarda joylaşgan:
- Mirobod tumani: «Abdurauf Fitrat», «Baynalminal», «Yangi Mirobod», «Mingörik» va «Oybek»;
- Çilonzor tumani: «Katta Çilonzor-2», «1-Çarx Komolon» mahallalari va Beşyoğoç bozori hududi;
- Mirzo Uluğbek tumani: «Navnihol», «Oltintepa», «Avayxon» va «Çingeldi»;
- Yaşnobod tumani: «Amir Temur», «Jarqörğon» va «Parvoz»;
- Bektemir tumani: «Zabardast» — Bektemir siti, «Nurafşon» va «Mirişkor»;
- Sergeli tumani: «Yuqori Darxon», «Söğdiyona», «Köhna Qumariq», «Sultonobod», «Ziyolilar» va «Eskijaloyir»;
- Uçtepa tumani: «Katta Çöponota»;
- Yangixayot tumani: «Gulşanobod»;
- Olmazor tumani: «Miskin»;
- Şayxontohur tumani: «Oqlon» va «Olim Xöjayev».