Toşkentda III Özbekiston – Rossiya mediaforumi öz işini boşladi

9-noyabr kuni Toşkent şahrida III Özbekiston – Rossiya mediaforumi öz işini boşladi. Ikki kun davom etadigan tadbir Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) va Rossiyaning TASS axborot agentligi hamkorligida taşkil etilgan.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5


Forumda ikki mamlakat davlat idoralari, yetakçi ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari iştirok etmoqda. Unda media hamkorlikni rivojlantiriş, gumanitar aloqalarni mustahkamlaş va zamonaviy axborot makonidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3


Tadbir doirasida raqamli transformatsiya, sunʼiy intellektdan foydalaniş, yolğon axborotlarga qarşi kuraşiş, bolalarni internetdagi tahdidlardan himoya qiliş hamda turizm va sportni ommalaştirişda OAVning örni kabi mavzularga bağişlangan sessiya va seminarlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3


Şuningdek, ikki mamlakat vakillari qöşma media loyihalarni amalga oşiriş, hujjatli va badiiy filmlar yaratiş masalalarini ham muhokama qiladi. Mediaforum 10-noyabr kuni öz işini yakunlaydi.