Özbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida 31 poğona yuqoriladi

Mamlakatimiz mazkur xalqaro reytingda 31 poğona yuqorilab, 2020-yildagi körsatkiçiga nisbatan 55 poğonaga kötarilgan.

Xususan, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) tomonidan kuni keça eʼlon qilingan “UN E-Government Survey 2026” tadqiqoti natijalariga asosan Özbekiston 194 ta davlat orasida 32-örinni egalladi (2024-yilda 63-örin) yoki Markaziy Osiyo mintaqasida eng yuqori ösiş körsatkiçlaridan biri qayd etildi. Mamlakatimiz elektron hukumat rivojlaniş darajasi “juda yuqori” bölgan davlatlar (Very High EGDI) guruhidagi mavqeini mustahkamladi.

Hisobotda uşbu natija mamlakatimizda sönggi yillarda “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat boşqaruvini raqamlaştiriş, davlat xizmatlarini körsatiş jarayonlarini soddalaştiriş, aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun elektron xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş kabi yönalişlarda olib borilayotgan islohotlarning yorqin samarasi ekanligi qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, mazkur reyting 2 yilda bir marotaba eʼlon qilib boriladi hamda davlatning elektron hukumatni rivojlantiriş salohiyati va tayyorgarligini baholaydi.