Özbekistonda elektr energiyasiga bölgan talab pasaydi

2026-yil 7-noyabr kuni Özbekistonda 248 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning şu kuniga nisbatan 11,9 mln kVt·soat yoki 4,6 foiz kam. Bu haqda Energetika vazirligining kunlik hisobotida keltirilgan.

Işlab çiqarilgan elektr energiyasining manbalar böyiça taqsimoti quyidagiça:

  • Issiqlik elektr stansiyalarida — 190,5 mln kVt·soat (2025-yilda 214,4 mln kVt·soat, −11,1 foiz);
  • Gidroelektr stansiyalarida — 17,7 mln kVt·soat (14,7 mln kVt·soat, +20,4 foiz);
  • Quyoş elektr stansiyalarida — 16,9 mln kVt·soat (15,5 mln kVt·soat, +9 foiz);
  • Şamol elektr stansiyalarida — 19,5 mln kVt·soat (12 mln kVt·soat, +62,5 foiz);
  • Blok stansiyalarda — 3,1 mln kVt·soat (3,2 mln kVt·soat, −3,1 foiz);
  • Kiçik quvvatli quyoş panellarida — 0,3 mln kVt·soat (0,2 mln kVt·soat, +50 foiz).

Vazirlik maʼlumotiga köra, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining kamayişi, avvalo, unga bölgan talabning pasayişi bilan boğliq.

Xususan, 2025-yilning şu kunida havo harorati ança past bölgani sababli binolarni isitiş uçun elektr energiyasiga ehtiyoj yuqoriroq bölgan. Joriy yilning 7-noyabrida esa iliqroq ob-havo şaroitida elektr energiyasi isteʼmoli ötgan yilning şu kuniga nisbatan 9,8 foizga kamaygan.