Zarafşonda şamol energetikasida mahalliylaştiriş loyihasi muhokama etildi

Investorlarning maʼlum qilişiça, bugungi kunda Xitoyning “Goldwind” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida umumiy quvvati 2 000 MVt bölgan yirik şamol energetikasi loyihasi amalga oşirilmoqda. Mazkur hamkorlik tajribasi va şakllanayotgan bozor talabidan kelib çiqib, Zarafşon şahrida ham şamol elektr stansiyalari uçun zarur konstruksiyalar, xususan, generator minoralarini işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

— Loyihaning ahamiyatli jihati şundaki, u nafaqat şamol energetikasi obyektlari uçun zarur bölgan mahsulotlarni mahalliylaştiriş, balki mamlakatda qayta tiklanuvçi energetika sanoati uçun yangi işlab çiqariş zanjirini şakllantirişga ham xizmat qiladi, — deydi Zarafşon şahar hokimining birinçi örinbosari Anvar Şoxmirzayev. — Bu esa kelgusida yirik energetika loyihalarini mahalliy işlab çiqariş mahsulotlari bilan taʼminlaş, import örnini bosuvçi mahsulotlar hajmini oşiriş va yangi investitsiyaviy hamkorliklarni rivojlantiriş imkonini beradi.

Şaharning qulay geografik joylaşuvi, sanoat infratuzilmasi va Navoiy viloyatida şakllanayotgan investitsiyaviy muhit mazkur loyihani amalga oşirişning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Şuningdek, şaharda taşkil etiladigan işlab çiqariş quvvatlari kelgusida nafaqat mahalliy, balki respublika miqyosidagi energetika loyihalariga ham xizmat körsatişi mumkin.

Uçraşuvda investorlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, elektron onlayn-auksion orqali taklif etilayotgan yer maydonlari, işlab çiqarişni taşkil etiş uçun zarur infratuzilma masalalari ham atrofliça körib çiqildi. Alohida eʼtibor mahalliy yoşlarni kasb-hunarga örgatiş va bandligini taʼminlaş masalasiga qaratildi. Xususan, korxonada dual taʼlim tizimini joriy etiş, yoşlarni işlab çiqariş jarayonlariga jalb qiliş, amaliy tajriba orttirişi hamda istiqbolda korxonada doimiy iş örinlariga ega bölişi böyiça kelişuvga erişildi.

Zarafşon şahrida bunday yuqori texnologik işlab çiqariş loyihalarining amalga oşirilişi şahar sanoat salohiyatini diversifikatsiya qiliş, qayta tiklanuvçi energetika sohasida yangi kooperatsiya aloqalarini şakllantiriş va hududga qöşimça investitsiyalar jalb etişda muhim qadam böladi.