Özbekiston parlament delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengaşining yiğilişida iştirok etdi

Tadbirlar doirasida bölib ötgan MDH PA Kengaşining yiğilişida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş, Hamdöstlik doirasidagi köp tomonlama muloqotni rivojlantiriş hamda Assambleyaning kelgusi faoliyatiga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Yiğilişning muhim voqealaridan biri MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengaşi Raisini saylaş jarayoni böldi. Assambleya taklifiga binoan mazkur jarayon Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida ötdi.

Ovoz beriş yakunlariga asosan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko navbatdagi bir yillik muddatga PA Kengaşi Raisi etib saylandi.

Taʼkidlaş joizki, yiğilişda parlamentlararo hamkorlikning institutsional asoslarini kengaytirişga qaratilgan muhim qaror ham qabul qilindi. Xususan, Turkmaniston Majlisiga MDH Parlamentlararo Assambleyasi huzurida kuzatuvçi maqomi berildi. Şu tariqa, u mazkur maqomga ega bölgan birinçi milliy parlamentga aylandi.

Şuningdek, Assambleya taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar dasturi hamda 2027-yilga möljallangan iş rejasi tasdiqlandi. Kelgusi yilda XII Neva xalqaro ekologiya kongressi, V Yevroosiyo xotin-qizlar forumi, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya va boşqa qator nufuzli tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Bolalar huquqlari va manfaatlarini taʼminlaş, yoş avlod örtasida döstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari ham eʼtibor markazida böldi. “Hamdöstlik bolalari” XI xalqaro forumi yakunlari sarhisob qilinib, navbatdagi forumni 2027-yilda Qozoğistonda ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.