Uçraşuvda Senat Raisi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidentiga samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, parlamentlararo hamkorlikni yanada faollaştiriş, oliy darajadagi kelişuvlar ijrosini qonunçilik jihatidan qöllab-quvvatlaş hamda parlament nazoratini kuçaytiriş jihatlariga urğu berildi.
Şuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi. Xususan, qiymati qariyb 12 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, sanoat kooperatsiyasini, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va hududlararo aloqalarni rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Bundan taşqari, taʼlim, soğliqni saqlaş, ilm-fan, kadrlar tayyorlaş va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş, Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolari uçun munosib şaroitlar yaratiş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.