Tadbirkorlar uçun lizing imkoniyatlarini kengaytiradigan Qonun körib çiqildi

Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga hamda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirişga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilayotganiga qaramay, lizing munosabatlarini huquqiy jihatdan aniq tartibga soliş hamda şartnoma şartlarining aniqligi va şaffofligini taʼminlaş zarurati yuzaga kelmoqda.

Qayd etilganidek, Qonun bilan “Lizing töğrisida”gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar lizing oluvçi bölganda lizing obyektini hisobga olişning öziga xos xususiyatlarini, lizing şartnomasidagi lizing obyektiga bölgan huquqlarni amalga oşiriş tartibini, amortizatsiyani qöllaşni nazarda tutuvçi şartlar belgilab qöyilmoqda.

Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorning lizing şartnomasida lizing obyektiga egalik qiliş va undan foydalaniş huquqlarini, amortizatsiyani qöllaş tartibini hamda foydalanişdagi çeklovlarni alohida körsatiş majburiy ekani belgilanmoqda. Şuningdek, uşbu talablarga zid şartlarni şartnomaga kiritiş mumkin emas. Yakka tartibdagi tadbirkor va lizing beruvçi örtasida tuziladigan şartnomalar uçun namunaviy lizing şartnomasini işlab çiqiş va qöllaş mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Majlisda senatorlar Qonunning ahamiyatiga töxtalib, u yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişda, lizing munosabatlarida huquqiy aniqlikni taʼminlaş hamda kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan nizolarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar.

Majlis yakunida Qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.