21-noyabr kuni xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar hamda ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda 38-xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) ğoliblari ham eʼtirof etildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Mazkur olimpiadada Özbekiston terma jamoasi 1 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritgan.
Kumuş medal sohibi Jahonali Xaydaraliyevga 673 million söm, bronza medali sovrindorlari Timur Qodirbergenov, Uluğbek Rahmatullayev va Jahongirşoh Avazxonovning har biriga esa 440 million sömdan ortiq pul mukofoti topşirildi.
Şuningdek, öquvçilarning xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erişişiga hissa qöşgan ustozlar ham moddiy rağbatlantirildi.