11
11

1-yanvardan içimlik suvidan qarzi bor isteʼmolçilarning elektr energiyasi tölovlariga çeklov qöyiladi

Özbekistonda 2027-yil 1-yanvardan içimlik suvi va oqova suv xizmatlari uçun qarzdorlikni undirişning yangi tartibi joriy etiladi. Unga köra, belgilangan muddatda qarzini tölamagan isteʼmolçilarning elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati ham çeklanişi mumkin. Bu haqda «Özsuvtaʼminot» AJ raisi birinçi örinbosari Islom Abdullayev 30-oktyabr kuni Toşkent şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Taşkilot vakilining aytişiça, amalda isteʼmolçilar içimlik suvi va oqova suv xizmatlari uçun tölovlarni keyingi oyning 10-sanasiga qadar töliq amalga oşirişi kerak. Agar tölov öz vaqtida qilinmasa, isteʼmolçi ogohlantiriladi va qarzni bartaraf etiş uçun beş kun muddat beriladi. Şundan keyin ham qarz tölanmasa, amaldagi tartibda xizmat körsatiş çeklanadi hamda qarzni undiriş çoralari köriladi.

2027-yil 1-yanvardan esa qarzdorlikni undirişning yangi mexanizmi qöllanadi. Bunda qarz miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravarigaça bölsa, u notarius orqali, uşbu miqdordan ortiq bölsa, sud tartibida undiriladi.

Şundan söng ijro hujjati rasmiylaştirilib, Majburiy ijro byurosiga yuboriladi. Agar isteʼmolçi ijro hujjatida belgilangan majburiyatni ham bajarmasa, qonunçilikda belgilangan tartibda uning elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati çeklanadi.

Islom Abdullayevning taʼkidlaşiça, elektr energiyasi uçun tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati qarzdorlik paydo bölişi bilanoq çeklanmaydi. Isteʼmolçiga qarzni tölaş uçun yetarli vaqt beriladi va çeklov faqat qarzdorlik saqlanib qolgan taqdirdagina qöllanadi.

Şuningdek, qarzdorlikni undirişning yangi tartibi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2027-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.